Zaynab Dayibekova jahon kubogi uchun kurashadi

Sport

image

Kecha, 14 yanvar Gruziyaning Tbilisi shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogi bahslari boshlandi. Musobaqaning dastlabki kunida ayollar g‘oliblik uchun bahslarga kirishdi. Ushbu dasturda o‘zbekistonlik Zaynab Dayibekova (reytingdagi o‘rni – 22) medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Yuqori reytingga ega bo‘lgani sababli qoraqalpog‘istonlik sportchi bahslarga 1/64 final bosqichidan qo‘shildi. Dayibekova bilan birga musobaqada ishtirok etayotgan barcha o‘zbekistonlik qilishbozlar saralashdayoq imkoniyatni boy berishdi.

Dayibekova esa o‘tish bosqichida barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, 64 nafar saralangan sportchilar safidan joy oldi. Jahon kubogining ayollar o‘rtasidagi hal qiluvchi bahslari ertaga, 16 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Bugun, 15 yanvar kuni erkaklar o‘rtasida saralash bahslariga start beriladi. Ushbu musobaqalarda O‘zbekiston nomidan Sherzod Mamutov, Pazilbek Genjebayev hamda Boburjon Rasulov ishtirok etadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Zaynab Dayibekova Kilichbozlik Sablya

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing