O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 litsenziyalari soni yana bittaga ko‘paydi
Sport
−
01 aprel 2024 4392 1 daqiqa
Bugun, 1 aprel kuni qilichbozlik sport turi bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini jamg‘arish davri rasman yakunlandi. E’tiborlisi, sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Zaynab Dayibekova ushbu reyting orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘llanma oldi.

Shu tariqa, Dayibekova faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlarining ishtirokchisiga aylandi. Qolgan yo‘nalishlardagi o‘zbekistonlik qilichbozlar 27-28 aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida o‘tadigan qit’aviy litsenzion turnir orqali yo‘llanma olishga harakat qiladi.
Shunday qilib, hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari 26 taga yetdi.
Live
Barchasi