O‘zbekiston bayroqdori Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi
Sport
−
29 iyul
22649Parij-2024 Olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasiga bayroqdorlik qilgan qilichboz Zaynab Dayibekova turnirdagi yurishini ilk davradayoq to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Dayibekova musobaqaning dastlabki bosqichida Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori hisoblangan janubiy koreyalik Jisu Yonga 11:15 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shunday qilib, 21 yoshli Dayibekova uchun Olimpiada birinchi davradayoq yakunlandi.
Kun dasturida Dayibekovadan tashqari yana 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi medallar uchun kurash olib boradi.
LiveBarchasi