Bugun Bahodir Jalolov Olimpiadadagi yurishini boshlaydi
Sport
−
29 iyul
14768Bugun, 29 iyul kuni kuni Olimpiadaning uchinchi kunida 8 nafar o‘zbekistonlik sportchi medallar uchun kurash olib boradi.
Boks bahslarida -63,5 kg da Ruslan Abdullayev, +92 kg vaznda esa Bahodir Jalolov medallar uchun yurishini boshlaydi.
O‘zbekistonlik sportchilarning kun dasturidagi dastlabki chiqishlari dzyudochilar ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Erkaklar o‘rtasida -73 kg da Murodjon Yo‘ldoshev, ayollar o‘rtasida esa -57 kg vaznda Shukurjon Aminova bahslarga kirishadi.
Qilichbozlik bellashuvlarida O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori Zaynab Dayibekova soat 13:50 dan boshlab medallar uchun bahs olib boradi.
Suzish turida Ilya Sibirsev, akademik eshkak eshishda Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev ham to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqalarida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.
LiveBarchasi