Zargarlik buyumlarini bojxonadan olib o‘tish tartibi o‘zgardi

Jamiyat

image

Endilikda 100 million so‘mgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirmasdan bojxonadan olib chiqib ketish mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, kecha, 31 oktyabr kuni Prezidentning PF–185-sonli Farmoni bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra endilikda jismoniy shaxslar qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishi mumkin. 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lgan buyumlar uchun esa yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi talab etiladi.

Ma’lumot uchun, bungacha qiymati 5 ming AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekistondan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq endi O‘zbekistonda jismoniy shaxslar har safar chegaradan o‘tganida 2 ta telefon apparatini, shu jumladan, mobil aloqa moduliga ega bo‘lgan telefonlar va qurilmalarni bojsiz olib kirishiga ruxsat berilishi aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

bojxona Zargarlik 100 million

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing