Zarafshon daryosida baliqlar zaharlanib, nobud bo‘ldi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatidan o‘tgan Zarafshon daryosida baliqlar nobud bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda  viloyat Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari o‘rganish ishlari olib borgan. Shuningdek, nobud bo‘lgan baliqlar daryodan yig‘ib olingan. Boshqarmaning Atrof-muhitning ifloslanishini monitoring qilish bo‘limi xodimlari, “Navoiy IES” AJ hamda “Navoiyazot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Zarafshon daryosiga tushuvchi  ikkita korxona tashlama suvlaridan va tuproqlardan namunalar olingan.

Ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari yakunlanganidan keyin qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

baliq Zarafshon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing