Navoiyda mas’ullar til biriktirib, byudjetdan 1,3 mlrd so‘mni “uxlatdi”

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida mas’ul shaxslar “DIVER” qurilmalari bo‘yicha qo‘shib yozish orqali 1,3 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Navoiysuvqurilishinvest” davlat muassasasi, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya, “N. S.” va “B. Z.” MCHJlarining mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirgani aniqlangan.

Ular tuzilgan shartnomalarga asosan “DIVER” qurilmalari uchun to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan bo‘lsa-da, hujjatlarga qo‘shib yozish orqali 1,3 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bildirilishicha, hozirda aniqlangan holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Migratsiya agentligida byudjetdan 1 mlrd so‘mdan ortiq mpblag‘ni talon-toroj qilish holatlari fosh etilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing