“Zapravka”da navbat kutayotgan erkak vafot etdi
Olam
−
27 mart 10229 1 daqiqa
Bangladeshning Dinajpur shahrida benzin quyish shoxobchasida navbat kutayotgan erkak vafot etdi. Bu haqda “The Daily Star” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 26 mart kuni ertalab Dinajpurning Kaharole shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida uzun navbat kutayotgan erkak vafot etgan.
Marhum 46 yoshli Enaytul Karim ekanligi aniqlangan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, 46 yoshli erkak Kaharole shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yurak xurujiga uchragan bo‘lishi mumkin.
Oila a’zolarining aytishicha, Karim qishlog‘idagi qaynota-qaynonasinikiga borib kelgan va yoqilg‘isi tugagach, Asma Latifa yoqilg‘i quyish shoxobchasiga yo‘l olgan.
Guvohlarning aytishicha, u bir necha soat quyosh ostida kutgach, hushidan ketgan. Mahalliy aholi uni zudlik bilan sog‘liqni saqlash markaziga olib borgan. U yerda navbatchi shifokor Sarkar Megha uni soat taxminan 10:30 da vafot etganini ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u kelganida hech qanday hayot alomatlari bo‘lmagan. Erkak yurak xurujidan vafot etgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladesh markazida yo‘lovchi avtobusi Padma daryosiga qulashi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi28 mart
28 mart