Metan “zapravka”lar faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin – Energetika vazirligi
Jamiyat
−
12:55 1173 2 daqiqa
Özbekistonda ob-havo keskin sovişi kutilayotgani sababli, agar zarurat tuğilsa, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
“Özgidromet”ga köra, 9–11 noyabrda yomğir, şimoliy va toğli hududlarda qor kutilmoqda. Tungi harorat şimolda -7 darajagaça, boşqa hududlarning ayrim joylarida -1…-2 darajagaça pasayişi mumkin.
Qayd etilişiça, energiya ta’minoti böyiça Energetika vazirligi va tizim taşkilotlari barqaror ta’minot çoralarini körmoqda. Toşkent va boşqa hududlarda isitiş mavsumini boşlaş işlari olib borilmoqda. Gaz ta’minotida xonadonlar, maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy ob’ektlarga ustuvorlik beriladi.
Zarurat tuğilsa, mavsumiy iste’molçilar, jumladan, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin. Çeklovlar hokimliklar bilan kelişilgan, tasdiqlangan grafiklar asosida joriy etiladi. Iste’molçilar oldindan xabardor qilinadi.
Gaz yoki elektr bilan muammo bölsa quyidagi raqamlarga murojaat qiliş mumkin:
- 1104 – gaz bosimi va ta’minoti;
- 104 – gaz avariya xizmati;
- 1154 – elektr uzilişlari va tarmoq nosozliklari.
Murojaatlar mas’ul mutaxassislarga yetkazilib, muammolarni bartaraf etiş çoralari köriladi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr