Metan “zapravka”lar ochiladi
Olam
−
07 mart 33074 1 daqiqa
Bugun, 7 mart kuni metan “zapravka”lar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona vodiysida metan “zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni soat 19:00 dan , 5 mart kuni soat 10:00 gacha metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilgandi. Respublika hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab oshgan. Shu bois magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilgan.