Namanganda “zapravka”dan gaz olayotgan Nexia-2 portlab ketdi (video)
3-sahifa
−
21 iyul 17008 1 daqiqa
Namanganda avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchasida gaz yonilg‘isini to‘ldirayotgan Nexia-2 mashinasining gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Kecha, 20 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Uychi tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida gaz balloni portlagani haqida xabarlar tarqalgan.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, hodisa joriy yilning 19 iyul kuni soat taxminan 21:20 larda Namangan viloyatining Uychi tumanidagi “Beruniy” MFY, Abu Rayhon Beruniy ko‘chasida joylashgan MCHJga qarashli AGTKSHda sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, Nexia-2 rusumli avtomashinaning propan gaziga moslashtirilgan gaz uskunasiga metan gazi quyilishi oqibatida avtomobilning gaz balloni portlagan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida avtomashina texnik shikastlangan bo‘lib, hech kim tan jarohati olmagan. Shuningdek, ushbu hodisa yuzasidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushmagan.
Boshqarma fuqarolardan avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballon uskunalaridan faqat belgilangan texnik talablarga muvofiq foydalanish, gaz jihozlarining turiga mos yoqilg‘i quyish hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi avtomobillarga propan gaz to‘ldirish shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida uch kishi jarohatlangandi.
Live
Barchasi