Yaqinlarining jasadini ololmayotgan o‘nlab odamlar Zangiota shifoxonasi oldiga to‘plandi (video)

Jamiyat

Vrachlarni qamash kerak deyman – vazir o‘rinbosarining audiosi tarqaldi north_east

Vrachlarni qamash kerak deyman – vazir o‘rinbosarining audiosi tarqaldi

Ijtimoiy  tarmoqlarda Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi oldida 30-40 chog‘li odam to‘plangani aks etgan video tarqaldi.

Videodan ma’lum bo‘ladiki, odamlar shifoxona oldiga koronavirusdan vafot etgan yaqinlarining jasadini olishga kelgan. Ammo bu jarayon ham muammolarsiz bo‘lmadi.

Aytilishicha, marhumlarning haqiqatda vafot etganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etganlar soatlab kutishga to‘g‘ri kelyapti. Yig‘ilganlardan biri eshik oldidagi shifoxona xodimi bilan gaplashayotganda, yuvuvchilar sonini ko‘paytirish kerakligini aytgan. Bunga javoban oq xalatdagi xodim bu ularning vakolatiga kirmasligini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, bunday masalalardan “yuqoridan” kimgadir murojaat qilish kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Eshik oldida turganlar shuningdek, vafot etganlarning jasadini 5 kungacha ololmay qolayotganlar borligini aytib o‘tgan. O‘z navbatida shifoxona xodimi buni inkor qilgan.

Bunday manzaralar koronavirusdan vafot etayotganlarga oid rasmiy statistikaga nisbatan asosli shubha tug‘dirishi aniq. Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi 3 kunda 10 nafar bemor koronavirusdan vafot etganini ma’lum qilgan. Ammo bu bemorlar qaysi hududda vafot etgani noma’lum.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Abduhakim Hojiboyevga tegishli audio tarqalgandi. Unda amaldor Zangiotadagi maxsus shifoxonada, “kislorod davleniyasi tushib ketayotgani uchun har kuni bir nechta odam o‘layotgani”ni aytganidandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha bu holatlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirganicha yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing