Zalujniyning kabinetidan tinglash moslamasi topildi

Olam

image

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning kabinetidan tinglash moslamasi topildi. Shundan so‘ng Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) axborot olishning maxsus texnik vositalarini noqonuniy egallash, sotish yoki ulardan foydalanish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.

UXXning ta’kidlashicha, qurilma Zalujniyning ofisida emas, balki "kelajakda u ish boshlashi mumkin bo‘lgan" xonalarning biridan topilgan. Razvedka xizmati ma’lumotni saqlash uchun hech qanday vosita yoki ma’lumotni masofadan uzatish vositalarini topmaganini va qurilmaning o‘zi ishlamay qolganini bildirgan.

“Ukrainskaya pravda”ning razvedka xizmatidagi manbalariga ko‘ra, qurilma 17 dekabr kuni Zalujniy ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan idorani tekshirish chog‘ida topilgan. Nashr manbalari bosh qo‘mondonning qo‘l ostidagi bir nechta shaxslarning xonalaridan ham tinglash moslamalari topilgani haqida xabar bergan.

Ma’lumot uchun, noyabr oyidan beri Ukraina va xorijiy ommaviy axborot vositalari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukraina Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroni muhokama qilmoqda. Hammasi Zalujniyning “The Economist” gazetasiga bergan intervyusidan boshlandi. Unda bosh qo‘mondon urush boshi berk ko‘chaga kirib qolgani va uzoq davom etishi mumkinligini aytgandi. O‘z navbatida, Ukraina Prezidenti Zalujniyning so‘zlariga ochiqchasiga e’tiroz bildirdi va keyinroq harbiylar siyosat bilan shug‘ullanmasligi kerakligini aytdi. Zelenskiyning idorasi esa mamlakat harbiy va siyosiy rahbariyati o‘rtasidagi bo‘linish borligini rad etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Valeriy Zalujniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing