“Yuventus” jazolandi

Sport

image

Italiya federal sudi Turinning “Yuventus” klubidan 15 ochko olib tashlash bo‘yicha qaror qabul qildi. Klub bir qancha moliyaviy firibgarlik holatlarini sodir etgani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, “Yuventus”ning transferlar asl narxini yashirish va futbolchilar maoshini kamroq ko‘rsatish kabi kamchiliklari isbotlangan. Shuningdek, sud tomonidan klub vitse-prezidenti Pavel Nedved 8 oyga futboldan chetlatildi. 

“Yuventus” turnir jadvalida 3-pog‘onadan 10-o‘ringa tushib ketdi. Holat yuzasidan turinliklar o‘z rasmiy saytida apellyatsiya berishini ma’lum qildi. Lekin bir qancha tahlilchilar klub apellyatsiya bermasligini, sababi jamoa shundoq ham oson qutilganini yozmoqda.

Ta’kidlash joiz, “keksa senora” hisobidan 15 ochko olib tashlangach, klub 22 ochko bilan kuchli to‘rtlikdagi o‘rnini yo‘qotdi. Bu holat esa jamoaning kelgusi mavsumda yevrokuboklarda qatnashish imkoniyatini keskin pasaytirib yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing