“Yuventus” bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Sport
−
27 Oktabr 3171 1 daqiqa
Bugun, 27 oktyabr kuni Italiyaning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Igor Tudor iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, A Seriyaning 8-turi doirasidagi bellashuvdan so‘ng turinliklarning xorvatiyalik ustozi Tudor muddatdan avval o‘z lavozimidan ozod etildi. Jamoani vaqtinchalik Massimo Brambilla boshqaradi.
Jamoa hozirda Italiya chempionatida 8 turdan so‘ng 12 ochko to‘plab, turnir jadvalining 8-pog‘onasini egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, Igor 2025 yilning mart oyida “Yuventus” bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Uning qo‘l ostida jamoa 24 uchrashuvda 10 ta g‘alaba, 8 durang va 6 mag‘lubiyat ko‘rinishidagi natijani qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Yuventus” klubi UEFA tomonidan moliyaviy feyr-pley (FFP) qoidalarini buzganlikda gumonlanib, rasmiy tekshiruv ostiga olingan edi.
Jahongir Inomjonov