“Yuventus”da ishlagan mutaxassis O‘zbekiston MTJ shtabiga qo‘shildi

Sport

image

Italiyalik tajribali mutaxassis Aldo Espozito O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga qo‘shildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Aldo Espozito terma jamoa futbolchilarining tiklanish jarayoni, jarohatlarning oldini olish hamda reabilitatsiya yo‘nalishida faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, Aldo Espozito faoliyati davomida “Kalyari” hamda “Yuventus” klublari va Italiya milliy terma jamoasida fizioterapevt sifatida ishlagan.

Mutaxassis 5 ta Jahon chempionati va 5 ta Yevropa chempionatida ishtirok etgan bo‘lib, 2006 yilgi Jahon chempionligiga erishgan jamoa a’zosi hisoblanadi.

Shuningdek, u Klublar o‘rtachidagi jahon chempionati hamda UEFA Chempionlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar safida ham faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

MTJ O'zbekiston Yuventus mutaxassis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing