“Yuventus” Yevropa Superligasini tark etish sari qadam tashladi
Sport
−
14 iyul 2023 2281 1 daqiqa
Italiyaning “Yuventus” klubi Yevropa Superligasi (ESL) loyihasidan chiqish harakatlarini boshladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turinliklar Superligani tark etish uchun liganing boshqa jamoalari “Real Madrid” va ”Barselona” bilan muzokara boshlagan
“Uzoq muhokamalardan so‘ng va Superliga loyihasiga taalluqli shartnoma shartlarini inobatga olgan holda, “Yuventus” ligadan chiqish jarayonini boshlaganini tasdiqlaydi”, deyiladi klub bayonotida.
“Yuventus”ning Superligadan chiqib ketishi “Real Madrid” va “Barselona”ning ruxsatiga bog‘liq.
Qayd etish joiz, noyabr oyida klubni tark etgan “Yuventus”ning sobiq prezidenti Andrea Anelli ESL loyihasi ortida turgan shaxslardan biri edi. U futbolchilarning maoshi bilan bog‘liq firibgarlikda ayblanib, 16 oyga futboldan chetlatildi.
Ma’lumot uchun, Yevropa Superligasi 2021 yilning aprel oyida Yevropaning top-15 futbol klubi tomonidan tashkil qilingandi. UEFA bu turnirga qat’iy qarshilik ko‘rsatdi, chunki yangi musobaqa amaldagi Yevropa Chempionlar ligasi turniri uchun juda katta zarba bo‘lardi. Tashkilot Superliga ishtirokchilarini jiddiy sanksiyalar va sud ishlari bilan ogohlantirib bordi. Biroz vaqt o‘tgach, deyarli barcha jamoalar Superliga loyihasini tark etdi. Hozirga kelib loyihada faqatgina “Real Madrid”, “Barselona” va “Yuventus” jamoalari qolgan.