“Yuventus” Shomurodov transferi bo‘yicha “Jenoa” bilan bog‘landi

Sport

image

Turin klubi o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovning transferi bo‘yicha genuyaliklar bilan aloqaga chiqqan. Bu haqda “Football Italia” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “Yuventus” klubi qishki transferlar oynasidayoq Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. 

“Calciomercato” nashri ham turinliklar Eldorning transferi masalasida muzokaralarni boshlagani haqida yozmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 yanvaridan Italiya nashrlarida Eldor Shomurodovning “Yuventus” klubi qiziqishlari dorirasiga tushgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.

Keyinroq, Eldor to‘p surayotgan “Jenoa” klubi prezidenti futbolchi qishki transferlar oynasida jamoadan ketmasligini aytdi.

Eldor haqidagi xabarlarga “Yuventus” klubi sport direktori Fabio Paratichi klubda raqobatbardosh tarkib borligi, ammo bozorda yaxshi variantlar bo‘lsa, jamoani kuchaytirishini aytib, javob bergan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Shomurodov Italiyaning “Jenoa” klubiga o‘tgan yili Rossiyaning “Rostov”idan kelib qo‘shilgan. Transfer qiymati 7,5 million yevroni tashkil qilgan o‘zbekistonlik hujumchi “Jenoa” safida shu kunga qadar Italiya chempionati doirasida 12 uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatma berdi. Shomurodovning ushbu klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Yuventus Italiya Shomurodov Jenoa Eldor

Baholaganlar

1602

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing