“Yuventus” Ronalduni sotish haqida o‘ylay boshladi
Sport
−
09 noyabr 2020
11323Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2021 yilning yozida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "Sport.es" xabar bergan.
Manbaga ko‘ra, jamoa rahbariyati futbolchini sotish haqida o‘ylamoqda.
Qayd etilishicha, Italiya klubi yuqori maoshi tufayli futbolchini transferga qo‘ymoqchi. Forvard har mavsumda 31 million yevro oladi va uning shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2018 yilda Madridning "Real" klubidan "Yuventus"ga o‘tgan. Italiya chempionatining joriy mavsumida u to‘rtta uchrashuvda ishtirok etib, oltita gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
LiveBarchasi