“Barselona” Baldeni sotiş uçun narx belgiladi
Sport
−
18:46 365 1 daqiqa
“Barselona” klub himoyaçisi Aleks Baldening transfer qiymatini 40 million yevrodan yuqori deb belgiladi. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.
Manbaga köra, kataloniyaliklar yangi transferlar uçun mablağ ajratiş maqsadida Baldeni yanvar oyida töliq sotişni yoki majburiy sotib oliş bandi bilan ijaraga berişni afzal körmoqda. Bu pozitsiya futbolçining agenti Xorxe Mendeşga ham yetkazilgan.
Italiyaning “Yuventus” va “Roma” klublari himoyaçiga qiziqiş bildirgan. Biroq har ikki jamoa uni ijaraga oliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Baldening maoşi esa ular uçun muammo bölişi mumkin.
Angliyada “Mançester Yunayted” va “Çelsi” futbolçiga qiziqiş bildirgan. “Liverpul” hamda “Mançester Siti” esa vaziyatni kuzatib bormoqda, ammo hozirça Baldeni transfer qiliş böyiça aniq rejaga ega emas.
Ma’lumot uçun, Aleks Balde joriy mavsumda “Barselona” safida törtta uçraşuvda maydonga tuşdi va ularning heç birida asosiy tarkibda iştirok etmadi. U Joau Kanselu va Xavi Espartga asosiy tarkibdagi örinni boy bermoqda.
Live
Barchasi