Holand “Siti”dan ketsa, “Barselona”ni afzal köradi – OAV

Sport

−

visibility925 timer2 daqiqa

image

“Mançester Siti” hujumçisi Erling Holand agar klubni tark etişga töğri kelsa, faoliyatini Ispaniyaning “Barselona” klubida davom ettirişni afzal köradi. Bu haqda “El Nacional” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, Erling Holandning kelajagi “Mançester Siti”ning moliyaviy qoidabuzarliklari böyiça olib borilayotgan tergov natijalariga boğliq böladi. Agar norvegiyalik futbolçi “Mançester Siti”ni tark etsa, faoliyatini Ispaniyaning “Barselona” klubida davom ettirişni afzal köradi.

Manbaga köra, hujumçining vakillari bilan dastlabki aloqalar örnatilgan bölişi mumkin. Unda 2027 yilda amalga oşişi mumkin bölgan transferning moliyaviy şartlari muhokama qilingan.

“Mançester Siti” işi böyiça çiqariladigan qaror Holandning kelajagiga ta’sir körsatişi mumkin. Biroq Angliya klubi jiddiy sanksiyalarga duç kelgan taqdirda ham, kataloniyaliklar transferni amalga oşiriş uçun katta moliyaviy tösiqlarni yengib ötişlariga töğri keladi.

Qayd etiş joiz, “Transfermarkt” portali 26 yoşli norvegiyalik hujumçining bozor qiymatini 220 million yevroga baholamoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Mançester Siti”ning APL moliyaviy qoidalarini buziş böyiça iş yuzasidan apellyatsiyasi dekabr oyi örtalarida körib çiqilişi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing