“Manchester Siti” transfer rekordini o‘rnatdi
Sport
−
10:13 534 2 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi bir transfer oynasi davomida futbolchilar xaridiga sarflangan mablag‘ bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi.
Klub 2026 yilgi yozgi transfer oynasida yangi futbolchilar xarid qilish uchun 526,2 million yevro sarfladi va “Liverpul”ning 2025 yilda o‘rnatgan 483 million yevrolik rekordini yangiladi.
“Manchester Siti” yozgi transfer oynasi davomida ikki marta o‘zining transfer rekordini ham yangiladi. Argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandesning 145 million yevroga transferi klub tarixidagi eng qimmat xarid bo‘ldi. U shu yozda jamoaga qo‘shilgan Elliot Andersonning 135 million yevrolik transferidan o‘tib ketdi.
“Manchester Siti” shuningdek, yozgi transferlar oynasida Ayub Buxaddi, Iliman Ndiaye, Allan, Matis Deturbe, Jeremi Monga, Jeronimo Ruli va Pirs Charlzni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Shu bilan birga, “Manchester Siti” yozda jami 337,2 million yevro miqdorida futbolchilarini sotdi va transfer oynasini 189,18 million yevrolik manfiy balans bilan yakunladi.
Bu ko‘rsatkich boshqa top-klublarnikidan ancha past. Masalan, “Tottenxem”ning transfer balansi minus 202,1 million yevro, “Liverpul”niki esa minus 233,43 million yevroni tashkil qildi.
Angliya Premer-ligasining yangi mavsumida ikki turidan so‘ng “Manchester Siti” 6 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Manchesterliklarning navbatdagi uchrashuvi joriy yilning 5 sentyabr kuni “Koventri Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi