“Barselona”ning qishki transfer byudjeti ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Barselona” qishki transfer oynasida tarkibini kuchaytirish uchun 60 million yevro sarflash mumkin. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.

Nashr xabariga ko‘ra, moliyaviy feyr-pley qoidalari kataloniyaliklarga yanvar oyida taxminan 60 million yevro sarflash imkonini beradi. Biroq klub ushbu mablag‘ni yangi futbolchilar xaridiga yo‘naltirishga shoshilmayapti.

La Liga qoidalariga ko‘ra, “Barselona” mazkur mablag‘ni 2027-2028 yilgi mavsum uchun ish haqi limitini oshirishga ham yo‘naltirishi mumkin. Bunda mablag‘ning 75 foizi, ya’ni taxminan 45 million yevro keyingi mavsum limitiga qo‘shiladi.

Shuningdek, bosh murabbiy Hansi Flik yozgi transfer oynasida chap oyoqli markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni istagan, ammo bu maqsadi amalga oshmagan. Shu sababli sport direktori Deko yanvar oyida mazkur pozitsiyani kuchaytirish masalasini yana ko‘rib chiqishi mumkin.

Qayd etish joiz, “Barselona” La Ligada to‘rt turdan so‘ng 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing