“Real” o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshiradi – Romano
Sport
−
14:59 1044 1 daqiqa
“Real Madrid” o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirish arafasida turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar “RB Leypsig” himoyachisi Yan Diomande uchun 125 million yevro to‘laydi. Shuningdek, kelishuvda yana 15 million yevrogacha bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Ayni paytda tomonlar transferning so‘nggi rasmiy jihatlarini yakunlamoqda.
Agar bitim amalga oshsa, Diomande “Real Madrid” tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi.
19 yoshli futbolchi hozirgacha kattalar darajasida atigi 46 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan. Qizig‘i shundaki, bir yil avval u Ispaniya ikkinchi divizionida “Leganes” safida to‘p surgan va o‘sha vaqtda uning transfer qiymati atigi 600 ming yevro deb baholangan edi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunga qadar “Real Madrid” tarixidagi eng qimmat transfer Jud Bellingem bo‘lib, u 2023 yilda “Borussiya Dortmund”dan 103 million yevro evaziga sotib olingan. Keyingi o‘rinlarda Garet Beyl (101 million yevro) va Eden Azar (100 million yevro) joylashgan. Agar Yan Diomande uchun 125 million yevroga mo‘ljallangan transfer rasman tasdiqlansa, u klub tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi.
Live
Barchasi