“Juventus” “Roma” yulduziga qiziqib qoldi

Sport

image

Italiyaning “Juventus” klubi “Roma” jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Zanoloning transferiga qiziqib qoldi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar allaqachon ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilishgan. Rimliklar Zanoloning sotuvidan 50 million yevro ishlab olishni istaydi. Biroq “Juventus” klubi xarid summasi miqdorini kamaytirish maqsadida yarim himoyachi Arturni “Roma”ga taklif qilgan. Hozircha “bo‘rilar” rahbariyati ushbu kelishuvga rozilik bildirmagan.

Qayd etish joizki, “Juventus” 23 yoshli futbolchini sotib olish majburiyati bilan ijaraga olmoqchi. Ammo “Roma” ustozi Joze Mourino eng ishongan shogirdlaridan birini osonlikcha qo‘yib yubormasligi aniq.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Nikolo Zanolo “Roma” tarkibida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali italiyalik iqtidor egasini 33 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yuventus Roma

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing