UEFA Italiyaning grand klubini yevrokuboklarsiz qoldirishi mumkin

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) "Yuventus"ni yevrokuboklardan chetlatishi mumkin. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, moliyaviy qoidabuzarliklar fakti tasdiqlansa, "Yuventus"ga nisbatan xalqaro turnirlardan chetlashtirish sanksiyasi qo‘llaniladi. Ayni damda klub ishi bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq OAV koronavirus pandemiyasi davrida "Yuventus" o‘z futbolchilariga yashirincha maosh to‘lagani haqida xabar bergan edi. “Keksa senora” 17 nafar futbolchiga 60 million yevroga yaqin maosh to‘lagan. OAVda futbolchilar maoshdan bosh tortgani haqida e’lon qilinganiga qaramay, "Yuve" rahbariyati o‘yinchilar bilan yashirin shartnomalar tuzib, katta mablag‘ ishlatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus UEFA

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing