UEFA paypoqlar sabab Fransiyaga 10 ming yevro jarima soldi
Sport
−
18:33 358 1 daqiqa
Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) Fransiya futbol federatsiyasini milliy terma jamoa futbolçilari uçun belgilangan kiyim-keçak talablarini buzgani sababli 10 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda “Le Parisien” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, hodisa joriy yilning 28 sentyabr kuni UEFA Millatlar ligasi doirasida Belgiyaga qarşi öyin oldidan sodir bölgan. Uçraşuv Fransiya terma jamoasining 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan.
Fransiyalik futbolçilar paypoqlaridagi lentalar rangi belgilangan talablarga mos kelmagani bois uçraşuv boşlanişi bir neça daqiqaga keçiktirilgan. Taşkilotçilar jamoalarga maydonga çiqişga ruxsat berişdan avval uşbu kamçilikni bartaraf etişni talab qilgan.
UEFA mazkur holatni Millatlar ligasi reglamentining 6.07-bandi buzilişi sifatida baholagan. Unga köra, milliy federatsiyalar taşkilotning maxsus platformasida zarur ma’lumotlarni oldindan taqdim etişi şart.
Eslatib ötamiz, joriy yilgi Osiyo öyinlarida voleybol boyiça Özbekiston milliy terma jamoasi 3 dollarlik paypoqlar sabab diskvalifikatsiyadan qutulib qolgandi.
Live
Barchasi