“Roma” Shomurodovni “Torino” a’zosi bilan almashishi mumkin

Sport

image

Rimning "Roma" klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovni Turinning "Torino" futbolchisi Sasha Lukichga almashtirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "Tuttosport" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Roma" bosh direktori Tiago Pinto tez orada "Torino" direktori Davide Vagnati bilan uchrashib, Shomurodov va Lukich almashinuvi bo‘yicha muzokara olib boradi. Muzokaralar ijobiy ko‘rinish olsa, Shomurodov yanvarda Turin klubi a’zosiga aylanadi.

Joriy mavsumda Eldor Shomurodov Rim klubi safida 8 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

So‘nggi vaqtlarda "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Shomurodovga kam o‘yin amaliyoti berayotgani bois futbolchi o‘ziga yangi klub izlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov Roma

Baholaganlar

288

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing