Shomurodovning xaridori ko‘paydi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Rimning “Roma” klubi a’zosi Eldor Shomurodov faoliyatini A Seriyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

“Roma” rahbariyati 27 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida sotishga qarshi emas.

Hozirgi vaqtda Eldor Shomurodovga “Monsa”, “Bolonya”, “Sampdoriya”, “Spetsiya”, “Torino”, “Kremoneze” kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Eldorga da’vogarlar qatoriga “Verona” klubi ham qo‘shilgan.

Xabarlarga ko‘ra, “Verona”ning uch nafar hujumchisi – Toma Anri, Kevin Lazanya va Milan Jurich klubni tark etmoqchi. Shuning uchun joriy mavsumda Italiya chempionatining so‘nggi pog‘onasini band etib turgan “Verona” Shomurodovning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Shomurodovning o‘zi esa ko‘proq yevrokuboklar uchun kurashayotgan jamoalardan biriga o‘tish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov joriy mavsum “Roma” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov Roma

Baholaganlar

1838

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing