Eldor Shomurodov faoliyatini Turin klubida davom ettirmoqchi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Rimning "Roma" klubi a’zosi Eldor Shomurodov faoliyatini Turinning "Torino" klubida davom ettirmoqchi. Bu haqda Italiyaning calciomercato.com sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Shomurodovga "Kremoneze" klubi ham qiziqish bildirmoqda, ammo o‘zbekistonlik forvardning o‘zi "Torino"da o‘ynashni xohlaydi. Hozirgi vaqtda "Roma" va "Torino" mutasaddilari Shomurodov transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. 

Ma’lumot uchun, Shomurodov "Roma"ning 2023 yildagi rasmiy bahslarida hali o‘ynagani yo‘q. Murabbiy Joze Mourino klubning aksariyat o‘yinlarida o‘zbek futbolchisini zaxirada qoldirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov joriy mavsum Rim klubining umumiy 8 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov Roma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing