“Yuventus” rahbariyati Shomurodov transferi haqida nima dedi?

Sport

image

Italiyaning “Yuventus” klubi sport direktori Fabio Paratichi “Jenoa”ning o‘zbekistonlik hujumichisi Eldor Shomurodov va uning jamoadoshi Janluka Skamakkaga turinliklar qiziqish bildirayotgani to‘g‘risida OAVda tarqalayotgan xabarlarga izoh berdi.

“Skamakka va Shomurodov? Aytganimdek, bizda raqobatbardosh tarkib bor. Agarda bozorda yaxshi variantlar bo‘lsa, bunday imkoniyatdan foydalanib, kuchayib olamiz. Aksi bo‘lsa, shoshilishimiz shart bo‘lmaydi”, degan Paratichi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 yanvaridan Italiya nashrlarida Eldor Shomurodovning “Yuventus” klubi qiziqishlari dorirasiga tushgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.

Keyinroq, Eldor to‘p surayotgan “Jenoa” klubi prezidenti futbolchi qishki transferlar oynasida jamoadan ketmasligini aytdi.

Ma’lumot o‘rnida, Shomurodov Italiyaning “Jenoa” klubiga o‘tgan yili Rossiyaning “Rostov”idan ko‘chib o‘tgandi. Transfer qiymati 7,5 million yevroni tashkil qilgan o‘zbekistonlik hujumchi “Jenoa” safida shu kunga qadar Italiya chempionati doirasida 11 uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatma berdi. Shomurodovning ushbu klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov "Yuventus" Eldor

Baholaganlar

951

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing