“Beşiktoş” Şomurodov jamoasini mağlub etdi
Sport
−
10:43 419 1 daqiqa
Keça, 26 oktyabr kuni Turkiya çempionatining 9-tur uçraşuvlari öz yakuniga yetdi. Tur doirasidagi söngi uçraşuvda “Beşiktoş” safarda “Istanbul Başakşehir”ni 2:0 hisobida mağlub etdi.
Uçraşuvning birinçi bölimida gol urilmadi. 76-daqiqada O Xyon Gyu hisobni oçdi, 89-daqiqada esa Junior Olaytan “Beşiktoş”ning ikkinçi golini kiritdi.
“Başakşehir” safida Özbekiston terma jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov asosiy tarkibda maydonga tuşdi va 75-daqiqada almaştirildi. Uşbu uçraşuvda futbolçi darvozaga ikki marta zarba berdi, 12 ta uzatmaning 8 tasini aniq amalga oşirdi.
“Sofascore” portali Şomurodovning öyindagi harakatlarini 6,6 ball bilan baholadi. Özbekiston milliy terma jamoasining yana bir a’zosi Abbosbek Fayzullayev esa öyinni zaxira örindiğida ötkazdi.
Ğalabadan söng “Beşiktoş” 18 oçko bilan turnir jadvalining törtinçi poğonasiga kötarildi. “Başakşehir” esa 11 oçko bilan 12-örinda qoldi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr