“Yuventus” Pogba bilan shartnomani bekor qilishi mumkin
Sport
−
13 Sentabr 2023 2974 1 daqiqa
“Yuventus” yarim himoyachi Pol Pogba bilan shartnomani bekor qilish masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda futbol jurnalisti Nikolo Skira o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “Yuventus” hozirda Pogbaga maosh to‘lashni to‘xtatgan.
Pol Pogbada testosteron darajasi juda yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu terapevtik istisnosiz qabul qilinmasligi kerak bo‘lgan modda . Shunday qilib, Pogba to‘rt yilga futboldan chetlatilishi mumkin.
Italiya chempionatining 2023/2024 yilgi mavsumi 1-turida “Yuventus” “Udineze” bilan kuch sinashdi. O‘yin 3:0 hisobida Turin klubining g‘alabasi bilan yakunlandi. Pogba esa maydonga tushmadi – u butun uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
Fransiyalik futbolchi 2022 yilning iyulida “Manchester Yunayted”dan “Yuventus”ga o‘tgan edi. Bu vaqt ichida u turinliklar safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.