“Yuventus” oson tanlov edi – Vlaxovich

Sport

image

“Yuventus”ga “Fiorentina”dan ko‘chib o‘tgan Dushan Vlaxovich o‘zining transferi borasida fikr bildirdi.

“Xorijiy klublarning qiziqishi haqida ko‘p mish-mishlar tarqaldi, ammo men uchun bu oson tanlov edi. “Yuventus”da ham xuddi men kabi g‘alaba qozonish mentaliteti bor. Juda xursandman – buyuk klubga qo‘shildim va shuni xohlardim. Ushbu voqea boshlanishini kuta olmayman”, deydi Vlaxovichdan iqtibos keltirdi jurnalist-insayder Fabritsio Romano.

Oldinroq “binafsharanglilar” Vlaxovich uchun “Yuventus”dan 70 million yevro olishi xabar qilingandi. Yana 10 million yevro bonus sifatida to‘lanadi. O‘rtada vositachilik qilgan agentlik to‘lovlari esa 11,6 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli forvard Italiya klubiga 2018 yilda Serbiyaning “Partizan” jamoasidan kelib qo‘shilgan. Dushan joriy mavsum “Fiorentina” safida barcha turnirlar doirasida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Vlaxovich

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing