“Yuventus”ning yangi murabbiyi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Italiyaning “Bolonya” klubi bosh murabbiyi Tiago Motta iste’foga chiqib, Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining X'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Bugun, 23 may kuni ertalab Tiago Motta klubga “Bolonya” bilan shartnomasini uzaytirmasligini ma’lum qildi. Klub qarorni e’tiborga olib, murabbiyga qilgan ishlari uchun minnatdorlik bildirdi va unga faoliyatining qolgan qismida omad tiladi.

“Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish klubimiz tarixidagi unutilmas voqea bo‘ldi. Men Mottani “Bolonya”da qolishini istardim, lekin bu uning qarori. Unga faqat minnatdorlik bildirishim va kelgusi ishlarida eng yaxshi tilaklarimni aytishim mumkin”, deydi klub prezidenti Joi Saputo.

Ma’lumot uchun, Motta murabbiylik faoliyati davomida U-19 PSJ, “Jenoa” va “Spetsiya” klublarini boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Tiago Motta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made