“Yuventus” asosiy transfer maqsadlarini belgilab oldi

Sport

image

“Yuventus” rahbariyati va murabbiylar shtabi yozgi transferlar vaqtida jamoaga kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqishdi. 

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ro‘yxatdan Matias de Ligt, Kostas Manolas, Stefan Savich, Rafael Varan, Ruben Diash va Kristian Romero kabi futbolchilar o‘rin olishgan.

Turinliklar bu futbolchilar uchun katta miqdordagi mablag‘larni sarflashga tayyor. Ammo klub oldidagi asosiy maqsad de Ligt, Savich va Varan hisoblanmoqda. Xabaringiz bor, bu futbolchilar orasidan gollandiyalik futbolchiga talab juda yuqori. De Ligtning o‘zi esa Kataloniyaning “Barselona” klubiga o‘tishni xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” bu mavsumda Italiya A seriyasida 75 ochko to‘plab peshqadamlik qilmoqda. Ular ta’qibchi “Napoli”dan 15 ochko ilgarilab ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing