Yunusoboddagi avariyada halok bo‘lgan samarqandlik va shahrisabzliklar dafn qilindi
Jamiyat
−
20 dekabr 2019
24386Joriy yilning 18 dekabr kuni Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining qurilishi davom etayotgan qismida fojia yuz berdi. 250 kv kub tuproqning ko‘chishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Kecha, 19 dekabr kuni Samarqand va Shahrisabzdan bo‘lgan qurbonlarning dafn marosimi o‘tkazildi.
“O‘zbekiston 24” telekanali voqea haqida qidiruv-qutqaruv ishi yakunlangach, fojia haqida lavhani efirga uzatdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakilining ma’lum qilishicha, yomg‘irning surunkali yog‘ishi natijasida namlik oshib, tuproq massasi ivib ketgan va ko‘chish yuz bergan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari deyarli bir sutka davom etdi va olti kishining jasadi topildi:
1. 1989 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Oybek To‘ra o‘g‘li;
2. 1989 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Ravshanov Jonibek Islom o‘g‘li;
3. 1999 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Davronbek Botirovich;
4. 1986 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida istiqomat qilgan fuqaro Diyorov Anvar Normurodovich;
5. 1996 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Farmonobod qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Raxmatov Ixtiyor Amriddin o‘g‘li.
6. 1981 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida istiqomat qilgan fuqaro Karimov Zarif To‘lqinovichdir.
Hukumat qarori bilan fojia tafsilotlarini o‘rganish uchun Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida komissiya tuzildi va halok bo‘lganlarning oilasiga 100 mln so‘mdan kompensatsiya to‘lash belgilandi.
Shuningdek, Toshkent shaxar prokuraturasi tomonidan JKning 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi va 258-moddasi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi