Yunusoboddagi avariya joyidan 20 yoshli yigitning jasadi topildi
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
12563Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yuz bergan avariyada qurbon bo‘lgan yana bir ishchining jasadi topildi va shaxsi aniqlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qidiruv va qutqaruv ishlari natijasida tuproq ostidan yana bir kishining jasadi olib chiqildi va u 1999 yilda tug‘ilgan D.Abdullayev ekani aniqlandi.
Hozirda hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.
Avvalroq, Yunusoboddagi halokatda dastlab aytilganidek 2 emas, 4 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi