Yunusoboddagi avariya joyidan 20 yoshli yigitning jasadi topildi
Jamiyat
−
18 dekabr 2019 14384 1 daqiqa
Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yuz bergan avariyada qurbon bo‘lgan yana bir ishchining jasadi topildi va shaxsi aniqlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qidiruv va qutqaruv ishlari natijasida tuproq ostidan yana bir kishining jasadi olib chiqildi va u 1999 yilda tug‘ilgan D.Abdullayev ekani aniqlandi.
Hozirda hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.
Avvalroq, Yunusoboddagi halokatda dastlab aytilganidek 2 emas, 4 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025