Yunusoboddagi avariya joyidan 2 kishining jasadi topildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 18 dekabr kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida davom etayotgan qurilish vaqtida yer o‘pirilishi yuz berdi. Avariyada 250 kv kub tuproq ko‘chib tushdi.

QALAMPIR.UZ mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. U Yunusoboddagi avariya yuz bergan joydan ikki kishining jasadi topilganini ma’lum qildi.

Tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, halok bo‘lganlardan tashqari, 3 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanyapti.

Eslatib o‘tamiz, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov imzolagan hujjatga asosan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov raisligida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Yuzaga kelgan holatni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi kuch va vositalari safarbar qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

metro Yunusoboddagi avariya

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing