Yunusobod metro liniyasida navbatdagi burg‘ulash ishlariga start berildi

Jamiyat

image

Bugun, 18 iyul kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yopiq usulda qurilayotgan yangi stansiyalar oralig‘idagi tunnelning navbatdagi qismida burg‘ulash ishlari boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi loyihasining umumiy qiymati – 124,8 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Barpo etilayotgan yangi yo‘lning umumiy uzunligi 2,93 kilometrdan iborat.

Loyiha “Toshkent Metroproyekt” MCHJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra qurilish ishlari joriy yilda to‘la nihoyasiga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. 

Ushbu bunyodkorlik ishlari nihoyasiga yetkazilgach, Yunusobod metro yo‘nalishiga yana ikkita bekat qo‘shiladi. Bular “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari bo‘lib, har ikkisi ham sharqona me’morchilik an’analari asosida barpo etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 may kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yopiq usulda qurilayotgan yangi stansiyalar oralig‘idagi tunnelning birinchi yo‘nalishida uzunligi qariyb 1,5 kilometrlik burg‘ilash ishlari yakunlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

metro Yunusobod liniyasi

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing