Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Sport

kurashshshssd

Kecha, 22 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Musobaqaning 2-kunida yunon-rum kurashi bo‘yicha 5 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. 

Turnirda biroz kutilmagan natijalar kuzatildi. 67 kg vazn toifasining hal qiluvchi final uchrashuvida Mahmud Baxshilloyev farg‘onalik Abror Otaboyevga yutqazib qo‘ydi. 60 kg vaznda esa chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan bo‘lgan Ilhom Bahromov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bahromov Osiyo chempioni (2019) va kumush medal (2021) sohibi, shuningdek, yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati (2016) finalchisi hamda o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari (2014) g‘olibi hisoblanadi.

60 kg:

1. Feruz To‘xtayev (Buxoro)
2. Abdulaziz Tursunboyev (Namangan)
3. Ilhom Bahromov (Samarqand) 
3. Muhammadqodir Yusupov (Andijon)

67 kg:

1. Abror Otaboyev (Farg‘ona)
2. Mahmud Baxshilloyev (Buxoro)
3. Ilyos Abdunazarov (Toshkent viloyati)
3. Sobir Kazakbayev (Jizzax)

72 kg:

1. Mirzobek Rahmatov (Buxoro)
2. Javoxir Xamroyev (Toshkent viloyati) 
3. Alijon Xusenov (Navoi) 
3. Jamol Jumaboyev (Buxoro) 

82 kg:

1. Muxammadqodir Rasulov (Fergana) 
2. Bekzod Umarov (Navoiy)
3. Dilshod Madaminov (Toshkent shahri)
3. Jamshid Qo‘ziyev (Toshkent viloyati)

97 kg:

1. Muhammadali Shamsiddinov (Buxoro)
2. Abror Nurmuhammedov (Toshkent)
3. Yergali Ayximbayev (Toshkent viloyati)
3. Botir Kandilov (Qashqadaryo)

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 dekabr kunidagi bahslarda o‘z vazn toifalarida O‘zbekiston terma jamoasining yetakchi kurashchilari – Jasur Ortiqboyev, Islom Bahromov, Aram Vardanyan, Jalgasbay Berdimuratov va Mo‘minjon Abdullayev mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishgan edi.   

Ma’lumot uchun, bugun, 23 dekabr kuni erkin kurash bo‘yicha bahslar tashkil etilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Salim Abduvaliev Yunon-rum

Baholaganlar

13

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing