Yun Sok Yol impichmenti bo‘yicha qonun loyihasi parlamentga qayta kiritildi

Olam

image

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning impichmenti to‘g‘risidagi qonun loyihasi Milliy assambleyaning yalpi majlisiga qayta kiritildi. Ovoz berish 24 soat ichida bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Janubiy Koreya qonunlariga ko‘ra, impichment bo‘yicha ovoz berish tegishli tashabbus parlament yalpi majlisida taqdim etilganidan keyin 24-72 soat ichida o‘tkazilishi mumkin. O‘tgan hafta oxirida impichment bo‘yicha birinchi urinish muvaffaqiyatsizlikka uchragach, muxolifat har hafta davlat rahbarini lavozimidan chetlashtirish masalasini ko‘tarishga va’da berdi. Ovoz berish ertaga, 14 dekabr kuni taxminan soat 17:00 da o‘tkazilishi kutilmoqda.

Kecha, 12 dekabr kuni olti muxolifat partiya deputatlari tegishli hujjatni parlament apparatining tegishli organiga taqdim etgan. Tashabbusni 191 deputat qo‘llab-quvvatlagan. Milliy assambleyada 300 nafar deputat mavjud bo‘lib, ulardan biri rasmiy ravishda neytral spiker hisoblanadi. Hukmron “Xalq kuchi” partiyasi 108 o‘rinni egallagan. Impichment e’lon qilish uchun esa 300 ta deputatdan 200 ta ovoz kerak.

Eslatib o‘tamiz, 7 dekabr kuni Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish bo‘yicha mamlakat parlamentida yetarli ovoz yig‘ilmagani bois jarayon bekor qilingan edi. Impichment jarayoni to‘xtashiga “Xalq kuchi” hukmron partiyasining ko‘pchilik a’zolari ovoz bermaslikni tanlagani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

impichment Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing