Yo‘lovchilardan koronavirus tahlili natijasi talab qilinmaydi – Respublika maxsus komissiyasi
Jamiyat
−
18 may 2020
6952Avvalroq, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xorijiy tajriba o‘rganilgan holda joriy yilning 18 may kunidan Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) hamda Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovi (borish va qaytish) uchun koronavirus infeksiyasiga test topshirish talabi belgilangan edi.
Karantin sharoitida aholining iqtisodiy holatini e’tiborga olib, shuningdek, harakatlanish vaqtida yo‘lovchilarning ijtimoiy masofa saqlashiga sharoit mavjudligini nazarda tutib, qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida ortiqcha noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi.
Endilikda yuqorida ko‘rsatilgan reyslar bo‘yicha harakatlanayotgan yo‘lovchilardan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganligi haqidagi ma’lumotnoma talab etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan poyezd va samolyotda harakatlanish uchun Vaqtinchalik qoidalar ishlab chiqilgan.
LiveBarchasi
26 noyabr