Yulduzli “Al Hilol” Qarshiga keladi. Elit OCHL va OCHL 2 ga qur’a tashlandi
Sport
−
15 avgust 2025 8026 2 daqiqa
Bugun, 15 avgust kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Elit Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Qarshining “Nasaf” klubi o‘z uyida Saudiya Arabistoning yulduzli “Al Hilol” jamoasi bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
“Nasaf” guruhda quyidagi jamoalar bilan to‘qnash keladi:
Uyda:
- “Traktor” (Eron);
- “Ash-Shorta” (Iroq);
- “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni);
- “Al-Vahda” (BAA).
Safarda:
- “Shabab al-Ahli” (BAA);
- “Sharja” (BAA);
- “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni);
- “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni).
Ma’lumot uchun, Elit OCHL o‘yinlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:
- 1-tur – 15-16 sentyabr.
- 2-tur – 29-30 sentyabr.
- 3-tur – 20-21 oktyabr.
- 4-tur – 3-4 noyabr.
- 5-tur – 24-25 noyabr.
- 6-tur – 8-9 dekabr.
- 7-tur – 9-10 fevral.
- 8-tur – 16-17 fevral.
Nimchorak final o‘yinlari – 2-3 va 9-10 mart.
Yakuniy bosqich (Chorak final, yarim final va final) – 17-25 aprel kunlari (Saudiya Arabistonida).
Shuningdek, OCHL 2 turnirida qatnashadigan “Andijon” ham o‘z raqiblarini bilib oldi. “Burgutlar” Qatarning “Al Ahli”, Turkmanistonning “Arqadag‘” va Bahraynning “Al Xoldiya” jamoalariga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Saudiyaning “Al Nasr” jamoasi qatnashadigan ushbu turnir joriy yilning 16 sentyabridan 2026 yilning 16 mayiga qadar davom etadi.