Chempionlar ligasiga qur’a tashlash marosimi sanasi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
27 iyul 1615 2 daqiqa
Yangi 2026-2027 yilgi mavsum Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
Tashkilot rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, qur’a tashlash marosimi joriy yilning 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Yevropaning eng nufuzli klublari musobaqasining asosiy bosqichida ishtirok etadigan 36 jamoaning taqvimi shakllantiriladi.
Ayni paytda musobaqaning barcha ishtirokchilari hali aniq bo‘lgani yo‘q. Chempionlar ligasi saralash bosqichining pley-off bahslari davom etmoqda va qolgan yo‘llanmalar aynan shu bosqichda hal etiladi. Javob uchrashuvlari 25 va 26 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Saralash bahslari yakunlanganidan so‘ng, 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan qur’a tashlash marosimida 2026-2027 yilgi mavsumning barcha ishtirokchilari rasman ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, yagona liga formati ilk bor 2024-2025 yilgi mavsumdan boshlab joriy etilgan. Unga ko‘ra, 36 ta jamoa umumiy jadvalda ishtirok etadi. Har bir klub turli raqiblarga qarshi 8 ta o‘yin o‘tkazadi – 4 tasi o‘z maydonida, qolgan to‘rttasi mehmonda.
Liga bosqichini dastlabki sakkiz o‘rinda yakunlagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga yo‘l oladi. 9–24-o‘rinlarni egallagan klublar esa pley-off bosqichida ikki uchrashuvdan iborat qarama-qarshiliklarda keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi so‘nggi ikki mavsumda ham Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritib, yangi formatdagi musobaqaning ilk ikki g‘olibiga aylandi.