Chempionlar ligasi umumiy bosqichining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 26 avgust kuni yana 4 ta jamoa Chempionlar ligasining 2026-2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichiga yo‘l oldi. Natijada asosiy bosqichida ishtirok etadigan barcha 36 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Kecha, 26 avgust kuni musobaqaning pley-off bosqichidagi so‘nggi javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Gretsiyaning AEK jamoasi Bolgariyaning “Levski” klubini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi – 0:0 va 4:0.

Norvegiyaning “Viking” jamoasi Xorvatiyaning “Dinamo” klubini (2:2, 3:1), Turkiyaning “Fenerbahche”si Fransiyaning “Lion” jamoasini (1:1, 2:1), Slovakiyaning “Slovan” klubi esa Sloveniyaning “Sele” jamoasini (1:1, 2:1) qo‘shimcha vaqtda mag‘lub etdi.

Avvalroq quyidagi jamoalarning umumiy bosqichda ishtirok etishi kafolatlangan edi:

  • Angliya: “Arsenal”, “Aston Villa”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Liverpul”;
  • Fransiya: “Pari Sen-Jermen”, “Lans”, “Lill”;
  • Italiya: “Inter”, “Napoli”, “Roma”, “Komo”;
  • Ispaniya: “Barselona”, “Real Madrid”, “Vilyarreal”, “Atletiko Madrid”, “Betis”;
  • Germaniya: “Bavariya”, “Borussiya” Dortmund, “Leypsig”, “Shtutgart”;
  • Niderlandiya: PSV, “Feyenoord”;
  • Portugaliya: “Portu”, “Sporting”;
  • Ukraina: “Shaxtyor”;
  • Belgiya: “Bryugge”;
  • Chexiya: “Slaviya”;
  • Turkiya: “Galatasaroy”;
  • Avstriya: LASK;
  • Ozarbayjon: “Sabah”;
  • Norvegiya: “Bude-Glimt”.

Shu tariqa, Chempionlar ligasining umumiy bosqichida jami 36 ta klub ishtirok etadi.

Yangi formatga ko‘ra, har bir jamoa umumiy bosqichda sakkizta o‘yin o‘tkazadi – to‘rttasi o‘z maydonida va to‘rttasi safarda. Barcha klublar yagona turnir jadvaliga joylashtiriladi.

Eng yaxshi sakkizta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi. 9-o‘rindan 24-o‘ringgacha bo‘lgan jamoalar esa qolgan 1/8 final ishtirokchilarini aniqlash uchun pley-off bosqichida ishtirok etadi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi bugun, 27 avgust kuni Monakoda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi – Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing