Rahmonaliyevning “Viking”ga qarşi öyini qanday baholandi?

Sport

−

image

Keça, 4 noyabr kuni Ozarbayjonning “Sabah” jamoasi UEFA Çempionlar ligasining törtinçi turi doirasida safarda Norvegiyaning “Viking” klubiga qarşi bahs olib borib, 1:4 hisobida mağlubiyatga uçradi. Uçraşuvda Özbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyaçisi Umarali Rahmonaliyev asosiy tarkibda maydonga tuşdi.

Bu bahs Umarali uçun joriy mavsumdagi musobaqaning törtinçi uçraşuvi böldi. E’tiborlisi, özbekistonlik futbolçi uşbu turnirda hozirga qadar ötkazilgan barça öyinlarda iştirok etdi.

Rahmonaliyev mağlubiyatga qaramay, jamoasining yagona goliga golli uzatma muallifi böldi. U 79-daqiqada zaxiraga olindi.

“Sofascore” portali özbekistonlik futbolçining harakatlarini 7,0 ballga baholadi. Bu körsatkiç “Sabah” tarkibidagi törtinçi eng yuqori natija böldi.

Ma’lumot uçun, tört turdan keyin “Sabah” 3 oçko bilan turnir jadvalining 31-poğonasidan joy olgan. Boku jamoasi navbatdagi uçraşuvini joriy yilning 25 noyabr kuni öz maydonida Ispaniyaning “Barselona” klubiga qarşi ötkazadi. Bahs Toşkent vaqti bilan soat 01:00 da boşlanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing