O‘zbekiston U-17 ning JCHdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 21 may kuni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi “E” guruhidan joy oldi.

Syurix shahrida bo‘lib o‘tgan qura tashlash marosimidan so‘ng O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Italiya, Yamayka va Kot-d’Ivuar terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin oldi.

Ushbu yosh toifasidagi Jahon chempionati joriy yilning 19 noyabridan 13 dekabriga qadar Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2025 yildan boshlab har yili o‘tkaziladigan turnirga aylandi. Musobaqaning dastlabki 4 mavsumi Qatarda bo‘lib o‘tadi. 2025 yilgi turnirda Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Italiya o‘smirlariga uchragan mag‘lubiyat evaziga nimchorak finalda ishtirokini yakunlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati qur'a U-17

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing