“Qayrat”ning Konferensiyalar ligasidagi raqiblari aniq bo‘ldi
Sport
−
11:03 396 1 daqiqa
Kecha, 28 avgust kuni Monakoda Konferensiyalar ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Olmaotaning “Qayrat” jamoasi ham asosiy bosqichdagi raqiblarini bilib oldi.
Qur’aga ko‘ra, Rafael Urazbaxtin boshchiligidagi jamoa musobaqaning umumiy bosqichida Gretsiyaning “Panatinaikos”, Italiyaning “Atalanta”, Ruminiyaning “Universitatya Krayova”, Niderlandiyaning “Tvente”, Shvetsiyaning “Mellbyu” hamda Latviyaning “Riga” jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Qozog‘iston klubi oltita turli mamlakat vakillariga qarshi bahs olib boradi. Raqiblar orasida Italiya A seriyasining taniqli jamoalaridan biri bo‘lgan Bergamoning “Atalanta” klubi alohida e’tiborga loyiq.
Shuningdek, Gretsiyaning “Panatinaikos” klubi ham “Qayrat” uchun jiddiy raqiblardan biri bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Konferensiyalar ligasining umumiy bosqichida jami 36 ta klub ishtirok etadi. Avvalgi guruh bosqichidan farqli o‘laroq, jamoalar an’anaviy guruhlarga bo‘linmaydi.
Har bir ishtirokchi umumiy bosqichda oltita uchrashuv o‘tkazadi. Ularning uchtasi o‘z maydonida, yana uchtasi esa safarda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi o‘z tarixida ilk bor o‘tgan mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etgandi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust